

Bu faqatgina boshlanishi.
Anchadan beri yuqori ligalarda murabbiylar almashinuvi bu qadar ko'p bo'lmagandek tuyuladi, aslida esa, ushbu holat tez-tez uchrab turadi. Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida sodir bo'layotgan o'zgarishlarni e'tiboringizga havola etamiz.
Angliya Premer ligasi...
• Nunu Eshpiritu Santu charchaganligi sababli Vulverxemptondan kyetib qoldi, ammo u uzoq vaqt ish izlamasligi aniq: Everton portugaliyalik bilan Anchelottining o'rnini bosmoqchi.
• Frenk Lempard uchun hammasi oldinda, ammo hozircha top-klublarga bosh murabbiy etib tayinlanmasa kerak.
• Yurgen Klopp iste'fosi esa, paysalga solinyapti.

Ispaniya La ligasi...
• Zinedin Zidan uni qo'llab-quvvatlashmagani sababli sovrinsiz mavsumdan so'ng, Real Madridni tark etdi. Raul esa Kastilya bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqdi va endi Bundesliga klublaridan biriga bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilyapti.
• Karlo Anchelotti baribir Peresning taklifini qabul qildi va Real Madridga qaytdi.

• Asosiy savol: Ronald Kumanning taqdiri nima bo'ladi? Barselona bir qancha transferlarni amalga oshirdi. Aguero, Erik Garsiya, Emerson va tez orada Memfis Depay jamoaga olib kelinishi mumkin. Bu ishlarning boshida Kuman turgan bo'lsa ajab emas.
• Xose Bordalas Xetafeda muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lishi mumkin, ammo Valensiyani tiriltirishga qodir.
• Diego Simeone Atletikoning Ser Aleks Fergyusoni bo'lmoqchi.
Italiya A seriyasi...
• Antonio Konte Inter bilan chempionlik unvonini qo'lga kiritdi, ammo yangi sharoitlarda ishlashdan bosh tortdi. Uning o'rnini Simone Indzagi egalladi.
• Massimiliano Allegri yana Yuventusga qaytdi. Turinliklar YCHL finallarini sog'inishgan. Ronaldu jig'i biyron.

• Jennaro Gattuzo Napoli bilan Chempionlar ligasi yo'llanmasini boy berdi va endi Fiorentinani boshqaradi. Neapol shahrida uning o'rnini Luchano Spalletti egalladi.
• Paulo Fonseka ham Chempionlar ligasini nasiyaga qoldirdi, klub rahbariyatining so'nggi umidi bo'lgan Yevropa ligasining yarim finalida Manchester Yunayteddan qaqshatqich zarbaga uchradi. MYUni Yevropa ligasida chempion qilgan Mour uning o'rniga keldi.
• Joze Mourinyu kutilmaganda Rimda paydo bo'ldi. Roma bilan yangi sahifalar yozmoqchi ekanligini ta'kidlab, Italiyada chempion bo'lganini iddao qilishni ham unutmadi.
• De Dzerbi Sassuolodan kyetib, evrokuboklarning doimiy ishtirokchisi Shaxtyor klubiga o'tdi. U yangi jamoasini ko'tara olarmikan, shu savol ochiqligicha qolmoqda.
Germaniya Bundesligasi...
Bundesliganing kuchli oltiligidagi barcha jamoalar murabbiylarini almashtirishdi.
• Xans Diter Flik zaiflashgan Bavariyani ajoyib tarzda qayta qurdi. Uning yangi manzili Germaniya terma jamoasi bo'ladi. Barcha rasmiyatchiliklar Yevropa chempionatidan so'ng amalga oshirilishi kutilyapti.
• Yulian Nagelsmann va Jessi March RB tizimidagi ikkita istiqbolli va talabchan murabbiylardir, faqat birinchisi uni tark etib Bavariyaga bosh murabbiy bo'ldi, ikkinchisi esa, Leyptsigga ko'tarildi.

• Marko Roze Borussiya Myonxengladbaxdan kyetib, Dortmundning Borussiyasiga o'tdi.
• Adi Xyutter Rozening o'rniga Myonxengladbax klubiga tayinlandi.
• Oliver Glasner Volfsburg bilan YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lsa-da iste'foga chiqarildi. Endi u Ayntraxt bosh murabbiyi.
• Marko van Bommel Volfsburgda uning o'rnini egallaydi.
Fransiya 1-divizioni...
• Rudi Garsiyaning shartnomasi tugadi, Lion Piter Bosh bilan kelishuvga erishdi.
• Kristof Galte Lill bilan chempionlikni qo'lga kiritdi, ammo klubning moliyaviy muammolari tufayli jamoani tark etmoqda. Agar iste'foga chiqsa, grand klublardan takliflar, albatta, bo'ladi.
• Pochettino rahbariyat bilan janjallashdi va klubni tark etishi ehtimoli ham yo'q emas. Hatto Tottenxemga qaytishi ham mumkin.
Yevropa chempionati oldidan aksariyat klublarga yangi bosh murabbiylar tayinlanishi bejiz emas: turnir yakuniga etgach, futbolchilar transferi amalga oshiriladi va yangi jamoani qurish uchun etarlicha vaqt bo'ladi.
Zamonaviy futbol taktik kurashlarga boy bo'lib borar ekan, murabbiylar katta sahnaga chiqaveradi.
Humoyun Oripov tarjimasi



