Mundialda yana yo'qotish

Aslanov Jasurbek
24 noya 2022, 01:17
Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Tomas Dileyni JCH-2022da boshqa o'ynamaydi.

Tomas Tunisga qarshi bahsning (0:0) 45 daqiqasida almashtirilgan edi.

Terma jamoa tvitterining xabar berishicha, futbolchi jarohat olgan va u safga qaytishi uchun 4 hafta kerak bo'ladi. Dileyni terma jamoa  safini tark etadi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchisi jiddiy jarohat olib, ushbu mundialdagi ishtirokini yakunlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia