Daniya termasi yarim himoyachisi JCHning qolgan qismini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2022, 11:00
Mundial 1-turi doirasidagi Tunisga qarshi o'yinda (0:0) chap tizzasidan jarohat olgan Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Tomas Dileyni 4 haftaga safdan chiqdi.

Daniya terma jamoasi matbuot xizmati 31 yoshli futbolchi turnirning qolgan qismida ishtirok eta olmasligini ma'lum qildi.

"Uning maydondagi va maydon tashqarisidagi o'rni seziladi. Boshqa o'yinchilar bahsga tayyor va bizda keyingi o'yinlar uchun mustahkam tarkib bor", - dedi Kasper Yulmann.

26 noyabr kuni Daniya Franciya bilan o'ynasa, 30 noyabrda Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: dbu.dk