Muhsin Nizomiddinov: "Qizil kartochka berilgan vaziyatga etirozim yo'q"

Administrator
18 iyun 2023, 22:09
Pro-liga qoldirilgan 7-turidan o'rin olgan "Aral" - "Qo'qon-1912" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa chiroyli o'yin ko'rsatdi. 

- Qizil kartochkaga munosabatingiz?

- Sariq kartochkasi bor futbolchimiz qoida buzdi. Hakamlar qarori to'g'ri bo'ldi deb o'ylayman. Bu vaziyatga etirozim yo'q.

- Jamoangiz ikkinchi bo'limda himoyaviy o'yin ko'rsatganiga sabab nima?

- O'zingiz aytdingiz, 20-daqiqada qizil kartochka oldik. Shu sababdan birinchi bo'limda taktik o'zgarishlar qila olmadik. Ikkinchi bo'limda qarshi hujum uslubiga o'tdik. Vaziyatlar bo'ldi, foydalanganimizda natija ijobiy bo'lardi.

- "Qo'qon-1912"ning maqsadi qanday?

- Maqsadimiz Superliga yo'llanmasi. Mavsum boshidan shu vazifani bajarish yo'lida ishlayapmiz.

- "Aral" jamoasidan qaysi futbolchini alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?

- 9-raqamli futbolchi menda ijobiy taasurot qoldirdi. Kelajakda Eldor Shomurodov kabi futbolchi bo'lib yetishishiga ishonaman.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia