Mourinyu va Dibala "Atletiko" futbolchisini "Roma"ga chaqirishmoqda

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2023, 00:40
"Roma" "Atletiko" hujumchisini xarid qilishi mumkin.

Gap "matraschilar" forvard Alvaro Morata haqida ketmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, rim jamoasi ustozi Joze Mourinyu so'nggi bir necha ku "Atletiko" hujumchisiga qo'ng'iroq qilib, uni "Roma"ga taklif qilgan. Futbolchi esa portugaliyalik murabbiyning muxlisi va u doimo Mourinyu qo'l ostida o'ynashni istagan.

Paulo Dibala ham Moratani "Roma"ga chorlayapti. Argentinalik Alvaroga stadion atmosferasi va Rim go'zalligi haqida va Mourinyu bilan ishlash qanchalik yoqimli ekanligini aytib bergan.

Futbolchilar deyarli har kuni telefon orqali suhbatlashishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport