Mourinyu "Tottenxem"ning yozda "Vulverxempton" sardori bilan shartnoma imzolashini xohlamoqda

Alisher
8 iyun 2020, 11:30
Joze Mourinyu "Tottenxem"ni "Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Nevesh bilan shartnoma imzolashiga chorlamoqda.

Portugaliyalik murabbiyni 23 yoshli vatandoshining o'yinlari lol qoldirdi va u o'z jamoasiga Neveshni olib kelmoqchi.

Neveshning "bo'rilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, ammo uning yozda "Tottenxem"ga o'tishga tayyorligi aytilmoqda.

Futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le10Sport