Mourinyu Modrich bilan "Tottenxem"ga qaytish borasida gaplashdi

Alisher
19 dek 2020, 16:09
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichni o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Portugaliyalik mutaxassis uning London klubiga qaytishini muhokama qilish uchun 35 yoshli o'yinchi bilan aloqaga chiqqan.

Xorvat 2008-2012 yillar davomida "Tottenxem"ga o'ynagan va shundan so'ng "Real"ga o'tgan edi.

Eslatib o'tamiz, ingliz klubida birorta ham jamoaviy sovrin yutmagan futbolchi ispan klubida 4 bor Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lgan, shuningdek boshqa ko'plab sovrinlardan tashqari Luka "Oltin to'p"ni ham qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/elchiringuitotv