Mourinyu: "Chiziq oldida o'zimni yomon tutsam meni chetlatishadi, Kloppniki esa hissiyot bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2019, 18:14
"Manchester Yunayted" sobiq ustozi Joze Mourinyu hissiyotlarni boshqarish va ehtiros o'rtasidagi farq haqida gapirdi.

"Odamlar hissiyotlarni nazorat qilish va ehtirosni adashtirishadi. Haqligimni isbotlaydigan misol bor. Men va boshqa murabbiy bir xil vaziyatdamiz, ammo ularning oqibatlari o'zgacha. Mourinyu chiziq oldida o'zini yomon tutsa, suv idishlarni tepsa uni jazolashadi. Mana shu ish Gvardiola yoki Klopp tomonidan qilinsa - buni ehtiros deyishadi.

Hozir 10-15 yil oldingidek emasman. Men imij, klub haqida o'ylayman va o'zimni kerakli darajada tutishga harakat qilaman. Insonlar buni ehtirossizlik bilan adashtirishadi" - deydi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports