Mourinyo yangi futbolchi xarid qilishi uchun jamoadagilarni sotishiga to'g'ri keladi

Aslanov Jasurbek
8 noya 2017, 14:27
Agar portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo yanvarda "Manchester Yunayted"ga yangi futbolchi xarid qilmoqchi bo'lsa, "qizil iblislar"ning bazi o'yinchilari jamoani tark etishiga to'g'ri keladi.

Mankunianlar klubi rahbariyati murabbiyga shu shart bilan yuzlandi.

"Manchester Yunayted" direktorlar kengashi yangi futbolchilar uchun pul ajratishdan oldin xarajatlar foydaliligini nazorat qilmoqchi. Joze Mourinyo ikki yil ichida 6 nafar asosiy futbolchilar uchun 285 mln. funt ishlatdi. Shu bilan birga, jamoadagi maoshlar ham 13,5%ga o'sgan va hozirgi kunda 263 mln. funtni tashkil qiladi.

Jamoadan ketish uchun asosiy nomzodlar himoyachi Lyuk Shou va Maruan Fellayni.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC