Mourinyo: "Pogba kelajakda MYU uchun yaxshi sardor bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2017, 12:47
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbani qo'llab-quvvatladi.

"Maydonda kimdir yaxshiroq o'ynayapti deyish nohaqlik. Ha, Pogba juda yaxshi harakat qiladi, ammo so'nggi paytlarda MYUning tarkibi o'zini yaxshi tomondan ko'rsatyapti. Men bir futbolchining elkasiga katta yuk qo'ymayman va jamoa yaxshi darajada o'ynashini kutaman, Pol esa barqaror o'yin ko'rsatmoqda.

Pogba professional va kuchli futbolchi. U kelajakda MYU uchun yaxshi sardor bo'ladi" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports