Mourinyo: "Pereyra kelajakda MYUning buyuk futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
3 sen 2017, 15:49
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa yarim himoyachisi, ayni damda ijara asosiyda "Valensiya" safida to'p tepayotgan Andreas Pereyra bilan shartnoma uzaytirilishi haqida fikr bildirdi.

21 yoshli futbolchi ispan klubiga o'tishdan oldin MYU bilan bitimni 2019 yilgacha uzaytirdi.

"Andreas juda yaxshi futbolchiga aylandi. U yosh, biroq o'sishi uchun ko'p harakat qilmoqda. Kelajakda Pereyra "Manchester Yunayted"ning buyuk futbolchilaridan biriga aylanishiga shubha qilmayman" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com