Mourinyo o'zi tanqid qilgan hakamdan uzr so'radi

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2015, 17:43
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Uotford"ga qarshi Angliya Kubogi 1/32 final uchrashuvida (3:0) bosh hakamlik qilgan Kevin Frenddan uzr so'radi.

Mutaxassis oldinroq hakamni tanqid qilgan edi.

"Men teleintervyuda izohlarim uchun Kevin Frenddan uzr so'ramoqchiman, u yaxshi ishladi. Remi gol urgan vaziyatda u penalti qo'ymagani vaziyatni noto'g'ri tushundim, ammo u holatni to'g'ri baholadi.

Teleintervyuda uni bu vaziyat uchun tanqid qildim, lekin hozir bu so'zlarimni qaytib olaman" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com