Mourinyo MYU rahbariyatidan Grizmanni xarid qilishni so'ramagan

Aslanov Jasurbek
3 fev 2017, 12:12
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann xizmatlariga qiziqish bildirmayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis mankunianlar rahbariyatidan fransiyalik futbolchini xarid qilishni so'ramagan. "Chelsi" va "Real" sobiq ustozi Grizmann "Manchester Yunayted" o'yin uslubiga ko'nikib ketadi deb hisoblamaydi. Ingliz grandidagilarning hammasi ham Mourinyoning fikriga qo'shilmaydi va Grizmanni xarid qilish uchun unga bosim o'tkazmoqda.

Grizmann MYU bilan maoshi 17,7 mln. evrolik shartnoma borasida kelishuvga erishdi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca