Mourinyo: "Men pragmatikman? "Real"dagi natijamni kim takrorlay oladi?"

Mirjalol Normatov
27 okt 2020, 15:33
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo uning jamoalari pragmatik o'yin ko'rsatishi haqida gapirdi.

"Barchasi futbolchilarning mahoratiga bog'liq. Hech kim mening "Real"im urgan 121 gol haqida gapirmaydi.

Agarda "Manchester Yunayted" bilan 2-o'rinni olganim va "Tottenxem"ni evrokuboklar pog'onasiga olib kirganimni nazarda tutgan bo'lsa, ular qisman haq. Biroq doim ham pragmatik o'yinni yoqtirmayman.

"Real"da qo'l ostimda ajoyib hujumchilar o'ynagan va shu boisdan hujumkor o'yin shakllantira olganmiz.

"Tottenxem"da ham hujum chizig'i ajoyib ko'rinishda. Qo'l ostimda kuchli futbolchilar ko'p. Biroq baribir barqarorlik kerak", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal