Mourinyo: "JCH ishtirokchilari sonini ko'paytirish g'oyasini to'liq qo'llab-quvvatlayman"

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2017, 15:49
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jahon chempionati ishtirokchilari sonini ko'paytirish g'oyasini to'liq qullab-quvvatlaydi.

FIFA prezidenti Janni Infantino mundial ishtirokchilari sonini 48 tagacha ko'paytirmoqchi.

"Bu g'oyani qo'llab-quvvatlayman. Klub murabbiyi sifatida ishtirokchilar soni oshishi tufayli uchrashuvlar soni ortishi va dam olish uchun vaqt kamayishiga yo'q deyishim mumkin. Ammo son ortishi bilan uchrashuvlar ko'paymaydi. Klub va futbolchilar shu yo'l bilan himoyalangan bo'lishadi. 

Men 3 ta jamoadan tashkil topgan 2 ta o'yinli guruhni maqul ko'raman. Sen pley-offga chiqasan yoki uyga qaytasan. Shunday qilib, guruhdagi ikki uchrashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega va ko'proq hayajon bahshida etadi. Kuchsizroq va tajribasizlar 2 ta bahs o'tkazib uyga qaytishi mumkin. Ammo ular tajribaga ega bo'lishadi. Bunga turnirning final qismida qatnashganlik uchun pul ham qo'shiladi.

Ishtirokchilar soni kengaytirilishi jahon chempionati ijtimoiy ahamiyatliroq bo'lishiga olib keladi. Ko'proq mamlakat, infratuzilma va bolalar hamda o'smirlar futboliga ko'proq mablag'. Ko'proq jamoalar ishtirok etishi his-tuyg'ular ortishiga sababchi bo'ladi. Ko'proq mamlakatlar - afrikaliklar, osiyoliklar, amerikaliklar birga bo'lishiga yordam beradi" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FIFA