
Sesk "aristokratlar"ning 11 o'yinida 2 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
"U men o'ylaganimdan ham yaxshiroq bola bo'lib chiqdi. Fabregas haqiqiy professional. Uning 19,20,21 yoshida nega "Arsenal" sardori bo'lganligini endi tushunyapman. Jamoada ekanman, kim bu yerda uzoq vaqtdan beri o'ynayotgan bo'lsa o'sha sardor bo'ladi. Lekin, sardor va murabbiy bir-birini tushunishi lozim. Seskning miyasi esa o'yin vaqtida men bilan aloqada bo'ladi", - deydi Mourinyo.