Mourinyo - derbining qoldirilgani haqida: "Noprofessionallik"

Mirjalol Normatov
1 yanv 2020, 22:27
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo APLning 16-turi doirasida "Fulxem"ga qarshi o'yinning qoldirilgani haqida gapirdi.

"Bu haqida ko'p gapirishni istamayman. Shunchaki buni men noprofessionallik deb atayman. Biz o'yinga tayyorlandik va oddiy qilib aytganda ish haftasini barbod qilishdi.

O'tgan haftadagi mashg'ulotlar orqali jamoani o'yinga tayyorlagandim. Odamlar o'yinning qoldirilishi Jozega maqul tushgan deb o'ylamoqda. Agarda o'yin bo'lmasligini ertaroq bilganimda, balki, o'shanda menga yaxshiroq bo'lgan bo'larmidi. Shu orqali mashg'ulot ciklini o'zgartirgan bo'lardim", - dedi portugaliyalik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal