Moriba qaysi termada o'ynashi borasida bir qarorga keldi

Mirjalol Normatov
22 avg 2021, 11:13
"Barselona" yarim himoyachisi Ilaysh Moriba terma jamoa libosini kiyish borasida bir qarorga keldi.

"Cadena SER" xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi o'zi tug'ilgan Gvineya davlati termasi sharafini himoya qiladi. Bunga qadar u Ispaniyaning 17 va 18 yoshgacha bo'lgan termalari tarkibida ham harakat qilgan. Qayd etilishicha u 1 snetyabr kuni JCH-2022 saralashi doirasida Gvineya-Bisau termasiga qarshi o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda.

Moriba o'tgan mavsum LaLigada 14 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Cadena SER