Morata: "Yuve"da o'zimni kerakli his qilyapman. Meni bu yerda sevishadi"

Alisher
5 noya 2020, 16:50
"Yuventus"da ijara asosida o'ynayotgan "Atletiko" forvardi Alvaro Morata Turin klubidagi faoliyati haqida gapirdi.

"Yuve"da men o'zimni kerakli deb his qilyapman va bu yerda meni sevishlarini tushunyapman. Menga bu yerda kerakli hamma narsa bor.

Menda o'sish uchun juda ko'p imkoniyatlar bor. Jamoa shunday o'ynashda davom etsa, uzoqqa borishi mumkin.

Faoliyatingiz davomida o'rganib borasiz. Hozirda men o'zimni mukammal his qilyapman. Yillar o'tmoqda, men endi 20 yosh emasman. Faoliyatim davomida boshdan kechirgan narsalarim doim menga yordam beradi", - deydi Morata.

Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum "Yuventus" tarkibida 7ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS