Morata: "Kovachich - dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri"

Aslanov Jasurbek
11 avg 2018, 16:18
"Chelsi" forvardi Alvaro Morata "aristokratlar" "Real"dan ijaraga olgan Mateo Kovachich haqida fikr bildirdi.

"Birinchi navbatda Kovachich - ajoyib inson. Futbol tomondan oladigan bo'lsa, u ajoyib texnikaga ega va to'p bilan yaxshi harakat qila oladigan yarim himoyachi. U bilan to'pga egalik qilish foizini oshiramiz. Mateo o'zining o'tkir paslari bilan hujumni yanada xavfliroq qila oladi. Kovachichning transferi juda muhim, chunki "Chelsi"da faqat eng yaxshilar o'ynashi kerak.

Madridda u menga ko'plab ajoyib paslar bergan. Biz birga o'ynashni yaxshi ko'ramiz va Mateo bu yerda ekanligidan xursandman. Kovachich - dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri.

U Londonga kelganimda jamoadoshlarim ko'nikishga yordam berishgan. Endi men ko'maklashadigan vaqt keldi" - deydi Morata.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseafc.com