Monako jarohatiga qaramay Valdesga shartnoma taklif qilmoqchi

Narzulla Saydullayev
28 mar 2014, 14:18
Barselona darvozaboni Viktor Valdes og'ir jarohatga qaramay Monakoga o'tishi mumkin.
Fransiya klubi darvozabonga shartnoma taklif qilmoqchi, deb xabar bermoqda Goal.com nashri.

Yozda Valdesning Barselona bilan shartnomasi tugaydi. Unga avvalroq Manchester Siti ham qiziqish bildirgandi.

Oldinroq agar posbon jarohati tufayli boshqa jamoaga o'ta olmasa Kataloniya klubi uni o'zida olib qolishini ma'lum qilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru