"Monako" va "Chelsi" Sarr borasida muzokaralar olib borishmoqda

Alisher
2 avg 2022, 18:50
"Monako" "Chelsi" bilan himoyachi Malang Sarrning xaridi borasida muzokaralarni boshladi.

Klub 23 yoshli o'yinchini xarid qilish imkoniyati bilan ijaraga olish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bitim dastlabki bosqichda.

Fransiyalik futbolchi o'tgan mavsum "Chelsi" tarkibida barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushdi.

Himoyachining klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal