"Monako" klubi "Atletiko" vingerini sotib oladi

Fransiyaning "Monako" jamoasi LaLiga vakili "Atletiko Madrid"dan Jelson Martinshni sotib oladi.

24 yoshli "Atletiko" yarim himoyachisi joriy mavsumning ikkinchi yarmini "Monako"da ijara asosida o'tkazdi (16 o'yin, 4 gol, 3 assist). 

Monegasklarning bosh direktori Oleg Petrov portugaliyalikni to'laqonli sotib olishini ma'lum qildi. 

Avvalroq, Martinshning transfer narxi 35 million evro atrofida baholanayotgandi.


Manba: lequipe.fr