"Monako" "Chelsi" futbolchisidan voz kechgan

Mirjalol Normatov
28 apr 2020
"Monako" "Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayokoni sotib olmaydi.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, Fransiya klubi xavbekni 42 mln evro evaziga sotib ololmaydi. Biroq "Chelsi" o'z futbolchisini tezroq sotib yuborish niyatida bo'lib yuribdi. Qayd etilishicha, PSJ unga qiziqish bildirgan, biroq muzokaralar o'tkazmagan.

Ushbu mavsumda 25 yoshli futbolchi "Monako" tarkibida 23 o'yinda 1 gol va 2 assist qayd etgan. Uning ijaradagi shartnomasi yozda yakuniga etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport