Moliyaviy qiyinchiliklar sababli "Barselona" 8 futbolchisini sotib yubormoqchi

Mirjalol Normatov
25 mar 2021, 23:35
"Barselona"ning yangi prezidenti Joan Laporta yozda 8 futbolchisini transferga qo'ymoqchi.

"El Chiringuito TV" xabariga ko'ra, sotiladiganlar ro'yxatida darvozabon Neto, himoyachilar Xunior Firpo, Samyuel Umtiti, yarim himoyachilar  Miralem Pyanich, Rikard Puch, Karles Alenya, Filippe Koutino va hujumchi Antuan Grizmann bor.

Eslatib o'tamiz, "Barselona"ning tashqi qarzlari 1,2 mlrd evroni tashkil qilmoqda. Aynan shu sababli klub yana bir necha futbolchilarini sotib yuborishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito TV