Modrich Xorvatiya termasiga yordam bera olmaydi

Mirjalol Normatov
5 sen 2021, 17:50
"Real" hamda Xorvatiya termasi yarim himoyachisi Luka Modrich milliy jamoaning navbatdagi bahsida qatnashmaydi.

"Qirollik klubi" rasmiy sayti xabariga ko'ra, klub tibbiy shtabi futbolchi bilan maslahatlashgan holda uni Sloveniyaga qarshi bahsga jo'natmadi. Bunga uning kichik jarohati sabab bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Xorvatiyaning JCH-2022 saralashi doirasida Sloveniyaga qarshi o'yini 7 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid