Modrich jarohat tufayli "Levante"ga qarshi o'yinda "Real"ga yordam bera olmaydi
Aslanov Jasurbek
12 okt 2015, 10:45
"Real" bosh murabbiyi Rafael Benites "Levante"ga qarshi Ispaniya chempionatining sakkizinchi turida jamoa yarim himoyachisi Luka Modrichni maydonga tushira olmaydi.
Oldinroq xorvatiyalik futbolchi jarohat olgani ma'lum bo'lgan edi. Modrich Bolgariyaga qarshi Yevropa chempionati saralashi bahsida chap oyog'ini shikastlab olgan.