MLS klublari ligaga Neymar kelishini xohlashmayapti, ular braziliyalikni "bosh og'rig'i" sifatida ko'rishmoqda

Aslanov Jasurbek
11 noya 2025, 01:19
MLS klublari Neymarni transfer qilishni iqtisodiy jihatdan manoli deb hisoblamaydi.

ESPN Brasil ma'lumotiga ko'ra, 33 yoshli hujumchi Neymarning “Santos” bilan shartnomasi yil oxirigacha amal qiladi. Ilgari uni “Inter Mayami”ga - Lionel Messi va “Barselona”dagi sobiq jamoadoshlari safiga - o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Biroq manba yozishicha, Amerikadagi ko'plab yetakchi klublar Neymarning ehtimoliy transferiga xayrixoh emas. Suhbat qilingan skautlar va sport direktorlari bunday investiciyaning manosi yo'qligini takidlashgan.

Mutaxassislar fikricha, sobiq PSJ yulduzi endilikda jamoaga jiddiy ta’sir ko'rsata olmaydi, barqaror o'yin namoyish etish va sarflangan mablag'ni oqlash imkoniyati past. Masalan, ular “Los-Anjeles” klubida o'ynayotgan Son Hin Minni “ideal futbolchi” sifatida yuqori baholashmoqda.

Manbalar takidlashicha, Neymarni qo'lga kiritishga harakat qilgan “Chikago Fayr” klubida ham futbolchini o'z safiga qo'shib olmaslik "nemat" deb atashgan. Ular braziliyalikni “bosh og'rig'i” deb hisoblaydi, chunki u so'nggi paytlarda maydonda kutilgan natijani bermayapti.

Neymar “Santos”ga qaytganidan beri 23 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi, shu bahslarning faqat 8 tasini to'liq o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN Brasil