
O'yindan so'ng Tailand jamoasi yetakchisi Benjamin Devis bahs haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Uyin haqida fikringiz...
- Bugungi uyindan mamnunman chunki bugungi bir ochko keyingi bosqichga chiqishimizga imkoniyat beradi.
- Keyingi raqib Malayziya...
- Ha, o'yingacha yana ikki kun vaqtimiz bor. Bu vaqt ichida biz tiklanib, hatolarimizni ko'rib chiqishimiz lozim. Malayziyaga qarshi o'yinda borimizni berib, yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz.
- Sizningcha uyindagi qaysi vaziyat hal qiluvchi bo'ldi?
- O'ylashimcha 90-daqiqadagi gol o'yinni hal qildi.
- Bugungi uyin Malayziyaga qarshi o'yiningizga qanday ta’sir qiladi?
- Hech qanday ta’sir kursatmaydi. Chunki orada 2 kuni bor. O'z ustimda ishlab, yanada yaxshiroq uyin ko'rsatish niyatidaman.
- O'yinga qo'shilishingiz bilan gol urdingiz. Maydonga tushayotgan paytingiz murrabiy nima dedi?
- Murabbiy shunchaki maydonga tushib, o'yinga ta’sir qilishga harakat qilishimni aytdi.
- Bugungi o'yiningizdan qoniqdingizmi?
- Ha, albatta, ammo har doim o'sish uchun menda ishtiyoq va xohish bor.
- Maydon holatini qanday baholaysiz?
- Maydon ajoyib holatda va futbol uynash uchun barcha sharoit bor.
Uchqun Azimov yozib oldi.