Misrning 45 yoshli darvozaboni rekord o'rnatdi

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2018, 20:10
Saudiya Arabistoni hamda Misr terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida misrliklar posboni Essam Al Hadari mundial rekordini o'rnatdi.

O'yinning 41-daqiqasida hakam Misr darvozasi tomon penalti belgiladi. Essam Al Hadari Fahad Al Muvalladning 11 metrdan bergan zarbasini qaytardi. Shunday qilib, 45 yoshli darvozabon jahon chempionatlari tarixida penalti qaytargan eng keksa posbonga aylandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia