Mirjalol Qurbonov erkin agentga aylandi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2017, 14:27
"Qo'qon-1912" jamoasi himoyachisi Mirjalol Qurbonovning klub bilan shartnomasi tugadi.

Qurbonov ayni paytda erkin agent maqomida bo'lib turibdi va o'ziga bo'layotgan takliflarni ko'rib chiqmoqda. Himoyachi 2016 yilgi mavsumda "Qo'qon-1912" safida 18ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2ta gol urdi.

Mirjalol Qurbonov "Qizilqum", "Olmaliq", "Xorazm" va "Guliston" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia