Milner: "Xoland menga yolg'on gapirdi"

Оқил Абдубарноев
17 okt 2022, 20:51
"Liverpul" futbolchisi Jeyms Milner bir necha yil oldin Chempionlar ligasi bahsida Erling Xoland bilan bo'lib o'tgan suhbatni esladi.

O'shanda mersisaydliklar "Red Bull Zalcburg"ga qarshi maydonga tushgandi.

“Biz bir necha yil oldin Xoland jamoasiga qarshi o'ynaganimizda, u menga "Lids" bilan shartnoma imzolashini aytgandi. U meni aldadi va bu hafsalamni pir qildi”, - dedi Milner hazillashib.

Yakshanba kuni "Liverpul" "Manchester Siti"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Bu natija Xosep Gvardiola jamoasining fevral oyidan beri Premer-ligadagi ilk mag'lubiyati bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Erling Xoland "Manchester Siti"da 14 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Viaplay