“Milan“ va PSJ o'zaro futbolchi almashishlari mumkin

Alisher
25 dek 2019, 17:38
Bu sodir bo'lsa, Draksler Italiyaga, Paketa Fransiyaga jo'naydi.

PSJ “Milan“ xavbeki Lukas Paketani sotib olishga qiziqish bildirmoqda. “Rossonerilar“ braziliyalik uchun 38 million evro so'radi, ammo Parij klubi o'z yarim himoyachisi Yulian Drakslerni taklif qildi. 

PSJ nemis futbolchisini o'z safida saqlab qolish niyatida emas, chunki u endi bosh murabbiy Tomas Tuxelning rejalarida yo'q.

Xabar qilinishicha, “Valensiya“ ham Paketaga da'vogarlik qilmoqda, Draksler esa “Lion“ va “Nicca“ni qiziqtiryapti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Milan News