

“Rossonerilar” o'z tarixida 19-marotaba Skudetto sohibiga aylandi. “Milan” ustozi Stefano Pioli chempionlikni 2019 yil klub boshqaruviga kelishidan oldin vafot etgan otasiga bag'ishlaganini aytdi.
Biroq, Piolining oltin medalini stadionda o'g'irlab ketishdi.
“Oltin medalimni o'g'irlab ketishdi, kimdir uni bo'ynimdan tortib oldi. Murojaatim unga ta’sir qilsa, xursand bo'lardim. Bu faoliyatimdagi yagona qadrli medaldir”, degan.



