"Milan" Pulishich bo'yicha ikkinchi taklifni berdi

Alisher
5 iyul 2023, 19:22
"Milan" yarim himoyachi Kristian Pulishichning transferi bo'yicha ikkinchi taklifni berdi.

"Rossoneri"ning yangi taklifi bonuslar bilan 22 million evroga etadi. Oldinroq, "Milan" 24 yoshli AQSH terma jamoasi o'yinchisi uchun 14 million taklif qilgandi. 3 iyulda esa "Lion"ning Pulishich uchun 25 million evrolik taklifi xabar qilingan edi.

Pulishich 2019 yildan beri "Chelsi"da o'ynaydi. U o'tgan mavsum "ko'klar" safida barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic