Milan Mitrovich: "Hozir osmonga uchadigan payt emas"

Iskandarov Abdulaziz
28 may 2022, 20:17
Xabaringiz bor, Superliganing 11-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Paxtakor" uchrashuvi qoldirildi.

Ayni payt turnir jadvalida ikkinchi o'rinda ketayotgan jizzaxliklar bu yil ham yuqori maqsadlarni oldiga qo'ygan. Lekin chempionatning endigina 11ta turi o'tdi. Yakuniy xulosaga esa erta. Fikrimizni "So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich ham tasdiqlagan holda yana quyidagilarni qo'shimcha qildi. 

"Hozircha bu haqida gapirishga erta. 10ta turdan keyin osmonga uchish yaramaydi. Tabiiyki medallar uchun kurashmoqdamiz. Qadam va qadam oldinga qarab intilmoqdamiz. Mavsum yakuniga qadar shu birlikni saqlab qolishimiz zarur. 

So'nggi o'yinlarimiz haqida ko'p gapirmoqchi emasman. Abdumannopov va Halilov? Ular o'zlarini ko'rsatishmoqda. Doniyorni "Andijon"da o'ynagan paytidan taniymiz. U yaxshi hujumchi ekanligini ko'rsatmoqda. Maydonga tushgan o'yinlarida gol urmoqda. Yosh futbolchi Hislat Halilovning kelajagi oldinda, deb o'ylayman. Kurashlardan qo'rqmayapti. U mashg'ulotlarda yanada yaxshiroq ishlashda davom etishi kerak",- deydi Mitrovich.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia