"Milan" Kyaerga "Manchester Siti"dan o'rinbosar topdi

Alisher
10 yanv 2022, 12:17
"Manchester Siti"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan Natan Ake faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

26 yoshli niderlandiyalik futbolchi "Milan" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Italiya klubi Akeni jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqqan daniyalik Simon Kyaerga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Rossonerilar" Akeni joriy transfer oynasida o'z saflariga qo'shib olishga urinib ko'rishadi. Tomonlarning ijara kelishuvini imzolashlari istisno emas.

Natan joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Witness