"Milan" Ispaniya chempionatining yana bir futbolchisini transfer qilishga yaqin

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023, 11:05
"Rossoneri" yarim himoya chizig'ini kuchaytirmoqda.

"Milan" "Valensiya" yarim himoyachisi Yunus Musa bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi, deya xabar berdi taniqli insayder Fabricio Romano. 

Futbolchini sotishga tayyor bo'lgan ispan klubi bilan hech qanday muammo bo'lmaydi. Amerikalik futbolchining transfer narxi 18 million evroga baholanmoqda.

Yunus Musa 20 yoshda bo'lishiga qaramasdan, La Ligada 94 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u AQSH terma jamoasi safida 24 ta o'yin o'tkazgan.

"Milan" "Vilyarreal"dan vinger Samuel Chukvuezeni sotib oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano