"Milan" Iguain bilan kelisha olmayapti. Futbolchi 9 mln. evro talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
1 avg 2018, 15:20
"Milan" "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain bilan kelisha olmayapti.

Oldinroq, klublar argentinalik borasida kelishib olishgani, hamda Leonardo Bonuchchi Turinga qaytishi e'lon qilingan edi.

Muzokaralar seshanba kuni tunda yakunlangan.

30 yoshli forvard "Milan"ga ijara asosida ketmoqchi emas va to'liq sotilishini xohlayapti.

Ikkinchidan, u yiliga 9 mln. evro ishlab topmoqchi, "Milan" esa 7,5 mln. evro taklif qilmoqda.

"Chelsi" Iguainni ilib ketishi mumkin. Ular Olive Jiruni qo'yib yuborib, uning o'rniga argentinalikni sotib olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport