"Milan" futbolchisi 6 million evro evaziga jamoadan ketishi mumkin

Alisher
15 yanv 2020, 13:09
"Milan" himoyachisi Rikardo Rodriges tez orada PSV o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Tomonlar chap qanot himoyachi borasida muzokaralar o'tkazishdi va deyarli kelishuvga erishildi.

PSV rahbariyati Milan klubi bilan shartlar bo'yicha kelishib oldi. Klub shveytsariyalik o'yinchini 6 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga tayyor.

27 yoshli o'yinchi joriy mavsum "rossonerilar" safida 5ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com