"Milan" bosh murabbiysiz qolishi mumkin

Narzulla Saydullayev
1 noya 2024, 12:37
"Milan" bosh murabbiyi Paulu Fonseka bo'lajak uchta o'yinda qoniqarsiz natijalar qayd etilgan taqdirda iste'foga chiqarilishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, Italiya klubi rahbarlari A Seriya doirasidagi "Monca" (2 noyabr), "Kalyari" (9 noyabr) va YCHL doirasidagi "Real"ga qarshi (5 noyabr) bahslardagi natijalarga qarashadi.

Fonseka boshchiligidagi "rossonerilar" Italiya A seriyasida 9 ta turdan 14 ochko to'plab, musobaqa jadvalining 8-pog'onasidan joy olishgan.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: calciomercato.com