"Milan" 40 yoshli Ibragimovichga yangi shartnoma taklif qilmoqchi, uning maoshi o'zgaradi

Aziz Tukhtamuradov
19 fev 2022, 08:49
"Milan" Zlatan Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Klub oktyabr oyida 41 yoshga to'ladigan futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Biroq, Zlatan buning uchun maoshi kamayishiga rozi bo'lishi lozim. 

Ayni paytda u yiliga 7 million evro maosh oladi. Yangi kelishuv bo'yicha milanliklar unga yiliga 3 million to'lamoqchilar. Bonuslar, o'tkazilgan o'yinlar va bonuslardan kelib chiqqan holda pul 5 milliongacha ko'tarilishi mumkin. 

Zlatan mart oyida o'tkaziladigan JCH-2022 saralash bahslaridan so'ng kelajagi borasida yakuniy qarorga keladi. U Shvetsiya bilan jahon chempionatida ishtirok etmoqchi. 

Ibragimovich ushbu mavsumda A Seriyada 15 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia