"Mikrokreditbank" boshqaruv raisi kubogida Sirdaryo viloyati jamoasi g'olib bo'ldi FOTO

Narzulla Saydullayev
16 dek 2018, 22:14
12-16 dekabr kunlari Toshkentda futzal bo'yicha "Mikrokreditbank" ATB boshqaruv raisi kubogi bo'lib o'tdi.

12 dekabr kuni start olgan musobaqada Markaziy apparat, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi "Mikrokreditbank"ning filiali jamoalari ishtirok etishdi. 14ta jamoa 4ta guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurashni boshlashdi. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa chorak finalga chiqdi. 

Finalga qadar Qoraqalpog'iston va Sirdaryo jamoalari yetib kelishdi. Hal qiluvchi bahsda Sirdaryo viloyati jamoasi 6:4 hisobida g'alabaga erishib kubokni qo'lga kiritdi. Musobaqa yakunida tashkilotchilar sovrindorlarga medallar va diplom, chempionga maxsus kubok topshirishdi.


"Mikrokreditbank" boshqaruv raisi kubogi

Yarim final
Andijon - Qoraqalpog'iston 4:5
Markaziy apparat - Sirdaryo 1:2

3-o'rin uchun bahs
Andijon - Markaziy apparat 6:3

Final
Qoraqalpog'iston - Sirdaryo 4:6


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia