

“Yangi mavsumda Premer ligada g'alaba qozonish mumkinmi? Bu bizning maqsadimiz. Biz buni qanchalik qiyinligini bilamiz. Bu dunyoning eng yaxshi ligasi va kelasi mavsum APL tarixidagi eng qiyini bo'ladi. Nega? Men 22 yildan beri shu yerdaman va hozirdagidek raqobatni ko'rmaganman. Liganing saviyasi shu qadar yuqoriki, unda g'alaba qozonish uchun eng yaxshi bo'lish kerak. Shuning uchun biz tarkibni kuchaytirishimiz kerak”,-dedi “to'pchilar” bosh murabbiyi.



