

"Lokomotiv" bugun Toshkentga qaytib, dushanbadan yana mashg'ulotlarni davom ettiradi. Turkiya yig'ini yakunida bosh murabbiy Mikael Sekeyra jamoa a'zolari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Yig'ilishda portugaliyalik murabbiy yig'in qanday o'tgani bo'yicha o'z xulosalari bilan o'rtoqlashdi. So'zga chiqqan "Lokomotiv" PFK sport direktori Ravshan Muqimov ham yig'in bo'yicha o'z fikrlarini bildirib, joriy mavsumda jamoaga omad tiladi.
O'z navbatida "temiryo'lchilar" sardori Kaxi Maxaradze ham yigitlar nomidan so'z olib, jamoa bu yil faqat yuqori o'rinlar uchun harakat qilishini aytib o'tdi.












