Mikael Laudrup: "Suonsi" pley-offda bunday o'ynamasligi kerak"

Tolibjon Qosimov
13 dek 2013, 15:04
"Suonsi" ustozi Mikael Laudrup Yevropa ligasi 6-turidan o'rin olgan "Sankt-Gallen"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.
– O'zini hurmat qiladigan professional mag'lubiyatdan xursand bo'lmaydi, – deydi Laudrup Sky Sports nashriga. – Ha, "Suonsi" pley-offga chiqdi, ammo "Sankt-Gallen"ga qarshi o'yindan xulosalar chiqarish kerak. Keyingi bosqichlarda bunday o'ynamasligimiz kerak, u yerda bunday xatolarni to'g'irlashga imkon bo'lmaydi. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru