“Metallurg”da qanday o'zarishlar kutilyapti? Shahzod Ubaydullaev Yevropa klubiga o'tadimi?

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2021, 14:27
Yangi mavsum arafasida barcha klublarda juziy o'zgarishlar bo'lishiga ko'nikib qolganmiz.

Bekobodning “Metallurg” jamoasi ham bundan mustasno emas. Superliganing o'tgan mavsum natijalaridan kelib chiqqan holda murabbiylar shtabi jamoaning bir qator chiziqlarida yangi o'yinchilarni ko'rmoqchi. Shu bois ayni paytda Toshkent viloyatining “Do'stlik” jamoa xo'jaligi stadionida mavsum oldi yig'inini boshlagan bekobodliklar tarkibida ham o'zgarishlar bo'lishi kutilyapti. 

Xususan, jamoaning bazi o'yinchilariga boshqa klublarga o'tishlariga ruxsat berildi. Jumladan, yarim himoyachi Abdurahmon Abdulhaqov ijara asosida “Turon” (Yaypan) jamoasiga o'tdi. O'tgan mavsum jamoa to'purari bo'lgan istedodli hujumchi Shahzodbek Ubaydullaevga xorij klublaridan qiziqib bo'layotganligi bor gap. Ayni paytda muzokaralar yakuniga etmaganligi sabab mazkur transfer haqida keyinroq aniq ma'lumot beriladi.

Himoya chizig'i vakillari – Abbos Otaxonov (erkin agent), Jasur O'rinov, yarim himoyachilar – Muhammad Isaev, Xudoyshukur Sattorov, hujumchi Murodbek Bobojonovga ham boshqa klublarda o'z omadlari sinab ko'rish imkoniyati berildi. So'nggi uch nafar futbolchi bilan “Metallurg”ning amaldagi shartnomasi muddati hali yakunlanmaganligini aytib o'tish lozim. 

O'z navbatida “Metallurg” ko'rigida ham bir qator istedodli va tajribali futbolchilar bo'lib turishibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати