Messining Romaga urgan goli 2015/16 yilgi mavsumdagi eng chiroyli gol

Narzulla Saydullayev
25 avg 2016, 16:43
Barselona hujumchisi Lionel Messining urgan goli 2015/16 yilgi mavsumda UEFA bayrog'i ostida o'tgan musobaqalarda urilgan eng chiroyli gol deb topildi.

UEFA rasmiy saytidagi so'rovnomada Roma darvozasiga urilgan gol 34% foiz ovoz olib g'olib bo'ldi. Keyingi o'rinlarda Rikardino (futzal, 11%), Shveytsariya terma jamoasi a'zosi Jyerdan Shakiri (11%), Kamil Ebili (ayollar futboli, 11%) va Atletiko yarim himoyachisi Saul (11%) qayd etildi.
 

VIDEO

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com