Messining otasi: "Messi "Barselona"ni tark etishi xavfi yo'q"

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2017, 12:43
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi o'z klubini tark etmaydi.

Bu haqda futbolchining otasi Xorxe Messi ma'lum qildi.

"Messi "Barselona"ni tark etishi xavfi yo'q" - deydi Xorxe Messi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Messi va Kataloniya klubi o'rtasida yangi shartnoma borasidagi muzokaralarda aniqlik yo'q.

Oldinroq klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Messi "Barselona"da qolishini aytgan edi.

Messi ispan grandi o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozigacha belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser