Messidan so'ng "Manchester Siti" futbolchisi ham KONMEBOL tomonidan diskvalifikaciya qilindi

Alisher
8 avg 2019, 15:02
KONMEBOL Lionel Messidan so'ng "Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezusni ham terma jamoadagi o'yinlardan chetlatdi.

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi Braziliya terma jamoasi hujumchisi Gabriel Jezusning Kopa Amerika finalidagi xatti-harakatlari uchun chetlatdi.

Eslatib o'tamiz, Jezus o'yinning 70-daqiqasida ikkinchi sariq kartochkani olgan holda maydonni erta tark etgan edi.

Futbolchi shundan so'ng turli noo'rin harakatlarni sodir etgan.

Shu sababli o'yinchi 2 oyga terma jamoadagi o'yinlardan chetlatildi va unga 30 ming dollar miqdorida jarima solindi.


Futbolchining qizil kartochka olganidan keyingi holati

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: conmebol.com